Salomatlik

Ko’p meva iste’mol qilishning zararli tomonlari

“Environmental Working Group” ekologik tashkiloti mutaxassislari shu masalada juda qimmatli fikrlarni o‘rtaga tashlashdi. Ularning aytishicha, tabiat in’omi hisoblangan mevalarning ham zararli jihatlari yo‘q emas.

Masalan, nokni olaylik. Bu mevani me’yordan ortiq iste’mol qilinganda, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga putur yetadi. Uzumni haddan tashqari iste’mol qilinganda, tarkibida qand moddasi ko‘pchilikni tashkil etishi sababli organizmda ortiqcha gazlar to‘planishi, oqibatda qorin shishishi kabi holatlarga olib keladi. Ayniqsa, uzumni ovqatlangandan keyin umuman yemagan ma’qul.

O‘rik va shaftolini ko‘p yeyish oshqozon tirnalishiga sabab bo‘ladi. O‘n ikki barmoqli ichak va o‘t qopi xasta insonlar mandarin, apelsin, limon kabilarni iste’mol qilmaganlari maqsadga muvofiq. Ular xastalik kuchayishini ta’minlaydi. Gilos oshqozon yarasi, gastriti borlarga, shu jumladan, qandli diabet bilan og‘riganlarga tavsiya qilinmaydi. Umuman oladigan bo‘lsak, olimlar ovqatlanishdan so‘ng yaxshisi, meva yemaslikni maslahat berishadi.

101150cookie-checkKo’p meva iste’mol qilishning zararli tomonlari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »