Zaharlanish va Intoksikatsiyaga qarshi vositalar

Natriy tiosulfati

QLLASH BYICHA YRIKNOMA

NATRIYA TIOSULFAT

NATRII THIOSULFAS

Preparatning savdo nomi: Natriya tiosulfat

Taʼsir etuvchi modda (XPN): natriy tiosulfati

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda:                      natriy tiosulfati    – 300 mg;

yordamchi moddalar:          natriy gidrokarbonati  – 20 mg;

1 ml gacha inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz  suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: zaharlanish va intoksikatsiyalarda qoʻllanadigan vosita.

ATX kodi: V03AB06

Farmakologik xususiyatlari

Dezintoksikatsion, yalligʻlanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻir metall tuzlari, galogenlar, sianidlar bilan zaharli boʻlmagan yoki kam zaharli birikmalar hosil qiladi

Qoʻllanilishi

Margimush, qoʻrgʻoshin, simob, brom, yod, sianidlar bilan zaharlanish; eshakemi, artrit, nevralgiya

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vena ichiga 30% eritmaning 5-10 ml, sianidlar bilan zaharlanganda 30% eritmaning 50 ml yuboriladi. Ichga bir marta qabul qilish uchun 2-3 ml dan 10% eritma shaklida buyuriladi (30% li ampulali eritmani suvda yoki natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirib tayyorlanadi).

Nojoʻya taʼsirlari

Davolash kursining boshida bosh ogʻrigʻi, oyoq – qoʻllarda ogʻriqlar, umumiy holsizlanish boʻlishi mumkin. Odatda bu holatlar oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi. Baʼzida allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni metabolizm jarayonida organizmda aminobenzoy kislotani hosil boʻlmasligi tufayli, u antisulfanilamid taʼsir koʻrsatmaydi va sulfanilamid preparatlar oluvchi bemorlarda qoʻllanilishi mumkin.

Simetidin, beta-adrenoblokatorlar va MAO ingibitorlari bilan birga qoʻllanganda preparatni tansiqligi oshadi, bunday majmuani qoʻllash zarurati boʻlsa, preparatning dozasini kamaytirish zarur.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Chikariliщ shakli

30% inyeksiya uchun eritma ampulalarda, 5 va 10 ml dan.

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

14790cookie-checkNatriy tiosulfati

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »