Tibbiyot

O’zbekistonga Ukrainadan dorilar kirib kelishi to’xtadi

O‘zbekiston Ukraina dorilarining importini bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Apteka» Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlashmasiga (TMSITB) asoslanib.

Birlashmadan xabar qilishlaricha, so‘nggi bir necha hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq O‘zbekiston bojxona xizmati nima uchun u bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmayotgani haqida tushuntirish berayotgani yo‘q.

Shu munosabat bilan TMSITB ushbu vaziyatga aralashishi va masalaga yechim topish maqsadida amaliy yig‘ilish o‘tkazishi uchun mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi.

Birlashmadan taxmin qilishlaricha, bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni to‘xtatilishi O‘zbekiston hukumatining Ukrainada O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan surishtiruv boshlanganiga javobidir.

99180cookie-checkO’zbekistonga Ukrainadan dorilar kirib kelishi to’xtadi

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »