STOMATOLOGIK KASALLIKLAR

Stomatologga borish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar

Biz ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘idagi noqulaylikni e’tiborsiz qoldiramiz, chunki shifokor ko‘rigidan o‘tishga vaqtimiz yo‘q, keyin esa tekshiruvni kechiktirganimizdan afsuslanamiz. Tishlarni tozalaganda qon ketishi, sovuq yoki shiringa reaksiya — bularning barchasi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Tish shifokori va Rossiyadagi Smile Factor stomatologiya klinikalari tarmog‘ining bosh direktori Oleg Kush bilan birgalikda qaysi hollarda stomatologga borish vaqti kelganini aniqlaymiz.

Sovuq yoki issiq haroratga reaksiya
Ushbu alomat tish emali buzilganini ko‘rsatadi. Bu turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin, masalan, tish cho‘tkasi yoki qattiq ovqatdan mexanik shikastlanish, oqartirish yoki kariyes tufayli. Agar noqulaylik sovuq bilan ta’sirlashgandan keyin 2-3 soniya davom etsa, unda sabab pulpitdir. Bu og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qimalari ta’sirlanganidan darak beradi. Bunday holatda tishni butunlay yo‘qotish xavfi ham mavjud.

Bunday reaksiyaning yana bir sababi noto‘g‘ri davolanish bolishi mumkin. Ehtimol, oldingi tish shifokori plombani yomon joylashtirgan — masalan, juda chuqur. Keyin tishlar harorat o‘zgarishiga sezgir bo‘lib qoladi. Bunday holda yangi plombani o‘rnatish uchun tajribali mutaxassisga uchrang.

Tishlar shirin yoki nordon ta’mga sezgir bo‘lib qoladi
Agar sovuq yoki issiqqa reaksiya tishlarning birinchi bosqichdagi zararlanishi bo‘lsa, shirin yoki nordonga nisbatan sezgirlik yanada jiddiy muammo hisoblanadi. Bu chuqur kariyes yoki tishlar sezgirligini oshiradi.

Bu holda emal sovuq yoki issiqqa qaraganda ko‘proq ta’sirlanadi. Gap shundaki, shakar bakteriyalar uchun kerakli ozuqa hisoblanadi. Bakteriyalar uni eyishadi va emalni yemiruvchi kislota chiqaradi. Zaif emal yuqori sezuvchanlikni keltirib chiqaradi. Kislotali oziq-ovqat bilan, ha xuddi shunday: uning tarkibi tish himoya qatlamiga ta’sir qiluvchi bakteriyalarni paydo qiladi.

Tish emali ichki to‘qimalarni bakteriyalar va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiladi. Agar u shikastlangan bo‘lsa, tishni ushlab turadigan nervlar yoki chuqurroq biriktiruvchi to‘qimalar yallig‘lanishi mumkin. Zararlangan emalning eng xavfli oqibati tish to‘kilishidir.

Bunday hollarda shifokor davolash uchun remineralizatsiyani taklif qiladi — minerallar va mikroelementlarini o‘z ichiga olgan gellarni qo‘llash. Ular himoya qatlamini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, stomatologlar kelajakda zararni kamaytirish uchun oqartiruvchi pastalar va qattiq cho‘tkalardan voz kechishni tavsiya qiladi.

Iyak sohasidagi noqulaylik
Agar og‘zingizni ochganingizda jag‘ingiz chertgandek qirsillab ketsa, bu katta ehtimol bilan jag‘ sohasidagi jiddiy buzilish — travma, dislokatsiya yoki yallig‘lanish bolishi mumkin. Bunga tishlash bilan bogliq muammolar yoki oziq-ovqatni noto‘g‘ri chaynash ham sabab boladi.

Bunday qirsillashning oqibatlari xavfli: jag‘da, boshda, bo‘yinda va hatto quloqlarda og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, jag‘ bilan birga yuz ko‘rinishi ham o‘zgarishi mumkin. Gap shundaki, pastki jag‘ bo‘g‘imi chakka sohasi bilan bog‘lanadi va chakka-quyijag‘ bo‘g‘imni (CHQB) ni hosil qiladi. Ikkinchisi nutqqa, ovqatni chaynashga va yutishga ta’sir qiladi. Agar bu funksiyalarni bajarish qiyinlashsa, muammo CHQBda.

Bunday holatda ikki shifokor noqulaylikni davolashi mumkin: terapevt yoki ortodont. Birinchisi, taranglikni yengillashtiradigan dori-darmonlarni buyuradi, ikkinchisi esa shikoyatning asosiy sababi nima ekanini bilish uchun tashxis qo‘yadi. Agar mutaxassis, masalan, muammo noto‘g‘ri tishlashda ekanini aniqlasa, u breket yoki elaynerlar bilan davolanishni buyuradi.

Og‘izdan keladigan yomon hid
Ko‘pincha bu tish milki kasalligidan darak beradi. Anaerob bakteriyalardan tashkil topgan qatlam milk chizig‘i bo‘ylab hosil bo‘ladi. Ular juda yoqimsiz hidga ega bo‘lgan va nafasni tozalikdan mahrum qiladigan gaz chiqaradi.

Milkdagi bunday qatlam xavfli asorat — gingivitga olib keladi. Bu milk yallig‘lanib, qonab ketadigan kasallikdir. Agar davolanmasa, periodontit paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holda nafaqat yumshoq to‘qimalar, balki tishlarni yo‘qotish uchun xavfli bo‘lgan paylar va suyaklarga ham ta’sir qiladi. Agar yoqimsiz hid va milkdan qon ketishini sezsangiz, tish shifokoriga tashrif buyurganingiz ma’qul.

Tishlash funksiyasining buzilishi
Bu jarayon jag shikastlanishi yoki tish oldirish bilan bog‘liq. Yo‘qotish butun qatorga ta’sir qiladi: tishlar siljiy boshlaydi va o‘zining tabiiy holatidan uzoqlashadi. Buni diksiyaning o‘zgarishi yoki chaynash jarayoni orqali ko‘rish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu yuzga ham ta’sir qiladi — oval yuz assimetrik holga keladi, olib tashlangan tish tomonidagi mushaklar botib ketadi.

Bundan tashqari, tishlam buzilishi emalga ham ta’sir qiladi: og‘irlik yuqori bo‘lgan tomondan u tezroq yemirila boshlaydi. Bu milkning bo‘shashishi va yallig‘lanishiga olib keladi. Jag‘ning noto‘g‘ri joylashishi nafas yo‘llarini toraytirishi mumkin: hurrak va miyaga kislorod yetishmasligiga sabab bo‘ladi.

Har qanday tishlash faoliayatini tiklash uchun shifokorlar breket yoki elaynerlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Davolash rejimi individualdir, barchasi muammoning murakkabligiga bog‘liq. Ammo buni kechiktirmagan yaxshi — kattalarning jag‘i bolalarniki kabi moslashuvchan emas, shuning uchun uni imkon qadar tezroq davolagan ma’qul.

93260cookie-checkStomatologga borish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar

Share with:

2 ta fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »