Salomatlik

Tuxumning salomatlik uchun foydalari

«MIR24» nashri xabariga ko‘ra, uxlashga yotishdan oldin tuxum iste’mol qilinsa, uyqu kelishi yanada yengillasharkan.

Shu masalada diyetolog Sheron Natoli izlanishlar olib bordi. Olimning aytishicha, tuxum organizmda melatonin garmoni ko‘proq ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Vaholanki, aynan shu gormon uyqu ritmini nazoratga olib, uyqu kelishida muhim rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari, tuxum tarkibida bezovtalikni kamaytirib, uyqu sifatini yaxshilovchi triptofan- aminokislota mavjud. Yana tuxum o‘zida V12, V5, biotin, tiamin, riboflavin kabilarni mujassam etgan. Ular birgalikda teri, soch, tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qiladi, saraton xastaligiga uchrash xavfini kamaytiradi. Buning uchun kuniga nonushta va kechki ovqat paytida bittadan tuxum yeyilsa bas. U ochlik hissini kamaytirishda ham tengsiz mahsulot hisoblanadi. To‘qimalarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.

101390cookie-checkTuxumning salomatlik uchun foydalari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »