Salomatlik

Bodom va yong’oqning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari

Bodom uyqu sifatini yaxshilashi ma’lum qilindi. Bu haqda mutaxassis Brinn Makdauell Fox News nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Bodom mevasi melatonin gormonining manbai hisoblanadi. U insonning biologik kun tartibini yaxshilaydi va uxlash vaqti kelganini bildiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, melatoninga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tanangizning uyqu siklini yaxshilashga yordam beradi»,— deya ta’kidlagan u.
.
Shu bilan birga, diyetolog Kayli MakMordi yong‘oqning ham uyqu uchun juda foydali ekanligini ma’lum qilgan, chunki u melatonin, serotonin va magniy manbai hisoblanadi.

Yana bir diyetolog Amanda K.Miller, bananda uglevodlar, triptofan va melatonin borligini ta’kidlalab, tezda uxlab qolishga yordam beradi. Tinchlantiruvchi oziq-ovqatlarning yana biri sifatida lavanda va romashka choylarini o‘z ichiga oladi, ular dam olishga va tashvishlarni kamaytirishga yordam beradi.

Mutaxassislar gilos sharbati, jo‘xori uni, qizil ikra, tuxum, avakado va kivini muntazam iste’mol qilishni maslahat berishgan.

91620cookie-checkBodom va yong’oqning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »