Salomatlik

Metabolizmni tezlashtiradigan mahsulotlar ro’yxati

Ushbu mahsulotlar ratsionga kiritilsa, tez orada organizmda yoqimli o‘zgarishlar yuz beradi.

Qizil qalampir kukuni
Oksford Politexnika Instituti shuni aniqladiki, bu ziravor ovqatdan keyin ikki-uch soat ichida metabolizmni 15-20 foizga tezlashtiradi.

Dolchin
Dolchin tarkibidagi insulin molekulalariga ta’sir qiluvchi moddalar odamning uglevod va yog‘ almashinuvini o‘rtacha 20 foizga yaxshilaydi.

Zanjabil

Bu ildiz me’da shirasining fermentlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan organik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, uning yordami bilan metabolizm o‘rtacha 20 foizga tezlashadi.

Xantal
Atigi yarim choy qoshiq kuchli xantal metabolizmni qo‘shimcha 20-25 foizga tezlashtiradi. Gap shundaki, xantal yog‘ni energiyaga aylantirish uchun mas’ul bo‘lgan gormonlar ishlab chiqarilishi rag‘batlantiradi.

Suv

Bir stakan sovuq suvdan keyin organizmni isitish uchun yog‘ hujayralari energiyani safarbar qilishi kerak bo‘ladi va bu metabolizmni bir vaqtning o‘zida 30 foizga tezlashtiradi. Lekin bu ta’sirga erishish uchun suvni besh darajagacha sovitish kerak.

91650cookie-checkMetabolizmni tezlashtiradigan mahsulotlar ro’yxati

Share with:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Tarjima qilish »