Frayburg universitetining Onkologik kasalliklar profilaktikasi va epidemiologiyasi instituti direktori va Garvard professori Karin Mixelsning maʼlum qilishicha, kokos moyi “haqiqiy zahar” hisoblanadi.
Professor Frayburgdagi maʼruza chogʻida kokos moyi ovqat tarkibida isteʼmol qilinsa, u qanday zarar keltirishi mumkinligi haqida aytib oʻtdi. Uning maʼlum qilishicha, bu “yeyish mumkin boʻlgan eng yomon mahsulotlardan biri hisoblanadi”.
Mixelsning taʼkidlashicha, kokos moyining 80%dan koʻprogʻi toʻyingan yogʻlardan iborat – bu choʻchqa goʻshtidan ikki barobar, mol goʻshtidan esa 60 foizga koʻproq degani. Uning qayd etishicha, kokos moyi “yomon xolesterin” miqdorini oshiradi (LPNP – past zichlikdagi lipoproteinlar). Uning ortib ketishi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi.